Bektemir Meliqo‘ziyev «qonli» jangda yengilmas raqibni yengdi
Shifokor 7-raunddan keyin Meliqo‘ziyevning qoshi yorilgani tufayli jangni davom ettirishga ruxsat bermadi, ammo ochkolar soni bo‘yicha o‘zbekistonlik bokschi ustun keldi.
Professional boksning supero‘rta vazn toifasi vakili Bektemir Meliqo‘ziyev (14-1, 10 KO) fransiyalik yengilmas bokschi Per Hubert Dibombega (22-1-1, 12 KO) qarshi jang qildi.
Beshinchi raundda Meliqo‘ziyev raqibini nokdaun holatiga tushirdi va boshqa raundlarda ham ustunlik qildi.
Og‘ir kechgan jang davomida fransiyalik bokschining bosh bilan xavfli harakatlari Meliqo‘ziyevga muammo tug‘dirdi, shunday to‘qnashuvlardan birida ikki bokschining ham qoshi yorildi.
7-raunddan keyin shifokor o‘zbekistonlik sportchining qoshidagi jarohat sabab jangni davom ettirishga ruxsat bermadi.
Qoidaga ko‘ra, 7 raund bo‘yicha ochkolar hisoblab chiqildi va yakunda hakamlar 79-73, 79-73, 78-74 hisobida Bektemir Meliqo‘ziyevning g‘alabasini qayd etdi.
Bu g‘alaba orqali Meliqo‘ziyev o‘zining WBA Intercontinental kamarini saqlab qoldi.
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024