O‘zbekiston | 07:49 / 23.04.2024
3525
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi 

Rossiyada murakkab vaziyatdagi o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Ryazandagi “Russkiy promisel”, “Balt Ost”, “Polimerdor”, “Stroyblok”, Novosibirskdagi “KabelStroy”, “ChasStroy” korxonalarida ishlayotgan fuqarolar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Volgograd, Novosibirsk, Perm va Ryazanda murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshlarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi. Voronejda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqaro Moskva - Buxoro yo‘nalishidagi aviareys orqali vatanga qaytarildi.

Novosibirskda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning hujjatlari ish beruvchidan olib berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid