Samarqandda ayol o‘z qaramog‘idagi 13 yoshli qizni kaltaklab kelgani aytilmoqda
Kun.uz'ga kelib tushgan murojaatda aytilishicha, Payariq tumanida yashovchi qizning onasi xorijga ketgan, qiz esa 150 dollar evaziga boshqa bir oilaning qaramog‘iga berilgan, lekin bu oilada zo‘ravonlikka uchramoqda.
Kun.uz'ga Samarqand viloyati Payariq tumanida 13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik bo‘layotgani haqida xabar kelib tushdi.
Murojaatchining aytishicha, qiz 78-maktabning 7-sinfida o‘qiydi. “Onasi Arabistoniga ketgani sababli” o‘quvchi 150 dollar evaziga bir oila qaramog‘iga berilgan.
“Qaramog‘iga olgan oila – 78-maktab direktorining ukasi. Men shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Bu qizchani qaramog‘iga olgan oila, ya’ni Mashhura ismli shaxs har kuni uni xo‘rlaydi.
Men rasmga olganim uchun direktor mendan hech qayerga murojaat qilmasligimni, rasmlarni o‘chirib tashlashimni talab qildi”, – deyiladi tahririyatga kelib tushgan xatda.
Murojaatchi yuborgan suratlarda qizning qo‘llari ko‘karib ketganini ko‘rish mumkin. Uning oila a’zolari nima sababdan xorijga ketgani va boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Kun.uz mas’ul tashkilotlardan holatga e’tibor qaratishni so‘rab qoladi.
Mavzuga oid
19:03 / 22.11.2024
"16 yoshli" ayolning 1 yashar egizak farzandi. Erta nikohni targ‘ib qilganlar ogohlantirildi
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
09:31 / 20.11.2024
Jizzaxda ikki bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
19:44 / 18.11.2024