Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika universitetlari Isroilga qarshi namoyishlardan larzaga kelmoqda. Fotosuratlar
Amerikalik talabalar falastinliklarni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazishda davom etmoqda. Universitetlarda kampuslar o‘rab olingan. Politsiya o‘nlab kishilarni qo‘lga olgan.
Amerika universitetlarida G‘azo sektoridagi urushga qarshi aksiyalar tinmayapti — talabalar kampuslarda palatkalar o‘rnatib, AQShdan Isroil bilan har qanday moliyaviy aloqalardan voz kechish va yarim yildan buyon davom etayotgan harbiy harakatlarni qo‘llashni to‘xtatishni talab qilmoqda. Kolumbiya universiteti namoyishlar markaziga aylandi. O‘tgan haftada oliy ta’lim muassasasi rahbariyati politsiyani chaqirdi, natijada 100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi. Keyin vaziyat keskinlashdi — va Yyelda, Ostindagi Texas universitetida, Janubiy Kaliforniya universiteti hamda Boston universitetlarida yana o‘nlab kishilar ushlandi.
22 aprel kuni Kolumbiya universiteti rahbariyati kunduzgi darslar bekor qilingani haqida e’lon berdi. Ikki kun o‘tib masofadan ta’lim imkoniyatini ko‘zda tutuvchi «gibrid» formatdagi mashg‘ulotlar sxemasi yil oxiriga qadar uzaytirildi, bunda bitirish imtihonlari ham onlayn bo‘ladi. Universitetlar kampuslarni yopmoqda, Janubiy Kaliforniyada xavfsizlik nuqtayi nazaridan asosiy bitiruv marosimi bekor qilindi, ammo boshqa universitetlarda namoyishlar davom etmoqda.
Brandon Bell / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Justin Sullivan / Getty Images
Sophie Park / The Washington Post / Getty Images
Andrew Lichtenstein / Corbis / Getty Images
Yuki Iwamura / Bloomberg / Getty Images
Alex Kent / Getty Images
Sarah Yenesel / EPA / Scanpix / LETA
Fatih Aktas / Anadolu / Getty Images
Mario Tama / Getty Images
Brandon Bell / Getty Images
Jay Janner / Austin Statesman / USA Today Network / Reuters / Scanpix / LETA
Angela Weiss / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025