O‘zbekiston | 08:01 / 26.04.2024
1757
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram orqali telefon sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi 

iPhone 14pro sotilishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan yigitning qilmishlariga chek qo‘yildi.

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.T. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1 900 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 27 yoshli M.O. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.O. “Telegram” messenjeri orqali “iPhone 14pro sotiladi” deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi A.T. bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 1 900 000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan M.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid