Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 26 aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
“Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi iste’molchilari — “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, Ts-mavze, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabog‘”, “Qozirabod”, “Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYdagi 1963 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 6858 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar — hududdagi 68 ta ulgurji iste’molchilar.
Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi iste’molchilari — “Tepa Qo‘rg‘on”, “Ko‘xna Cho‘pontepa”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFY, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari ko‘p qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar — hududdagi 76 ta ulgurji iste’molchilar.
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
aholi iste’molchilari — “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar — 10 ta.
Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):
aholi iste’molchilari — “Qizg‘aldoq” MFYdagi 260 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar — 4 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
11:02 / 23.05.2025