RF armiyasining navbatdagi raketa zarbasi Xarkivdagi psixiatriya shifoxonasiga yo‘llandi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 794-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligi ukrainlarning 66 ta droni Krasnodar o‘lkasiga hujum qilgani haqida xabar berdi. Slavyansk-Kubandagi Slavyansk neftni qayta ishlash zavodi shikastlangan, uning faoliyati qisman to‘xtatilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, pilotsiz uchish qurilmalari Kushchevskaya stanitsasidagi harbiy aerodromga ham hujum qilgan.
- Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ittifoqchilarga frontdagi vaziyat «murakkabligi va keskinlashish tendensiyasiga egaligi» haqida aytgan.
- Belgorod oblasti Shebekino okrugidagi Voznesenovk qishlog‘i hududida kamikadze dronlar hujumi oqibatida besh kishi, jumladan 17 yoshli qiz jarohatlandi.
- Moskvada 16 yoshli o‘smirga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (uning shaxsi oshkor etilmagan), u go‘yoki «terrorizm targ‘ibotiga chaqirish»da ayblanmoqda. RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, u «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan.
- Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma raketa zarbalari yo‘lladi. Lviv, Dnipropetrovsk va Ivano-Frankovsk oblastlarida issiqlik elektr stansiyalari, Xarkivda — ruhiy kasalliklar shifoxonasi binosi shikastlangan. Hujum vaqtida jami uch kishi jarohatlangan.
Xarkiv bo‘ylab zarba oqibatlari
27 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba yo‘lladi — Lviv, Dnipropetrovsk, Ivano-Frankovsk va Xarkiv oblastlari zarba ostida qoldi. Ukraina tomoniga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari 34 raketadan 21 tasini yo‘q qilgan.
Lviv, Dnipropetrovsk va Ivano-Frankovsk oblastlarida zarbalar energetika infratuzilmasiga berilgan, jabrlanganlar bor. Xarkiv oblastida raketa uchinchi psixiatriya shifoxonasiga kelgan — oyna, tom, oshxona korpusi, bo‘limlardan biri, qozonxona shikastlangan. 53 yoshli ayol jarohatlangan. Quyida shifoxonada hujum vaqti yuzaga kelgan holatlar aks etgan suratlar.

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA


Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA

Anadolu / Getty Images
Liman yaqinidagi ukrain artilleriyachilari
Donetsk oblastidagi Liman Rossiya qo‘shini urush boshida egallab olgan shaharlardan biri bo‘lgan, Ukraina qurolli kuchlari uni 2022 yil kuzidagi qarshi hujum davomida qaytarib olgandi. Liman atrofida janglar davom etmoqda — quyida ukrain harbiylari ushbu shahar atrofidagi o‘z pozitsiyalarini qanday ushlab turgani aks etgan suratlar.

Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press



Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press

Poklonnaya gorada o‘lja qilib olingan harbiy texnikalar ko‘rgazmasi ochilishiga tayyorgarlik

Natalya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

19:21
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

13:03
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

09:50
Jyey Di Vens Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘zgarishlarni ko‘rmoqda

09:10