Jahon | 11:10 / 02.05.2024
10770
4 daqiqa o‘qiladi

Falastin tarafdorlari Kolumbiya universiteti binosini egallab olishi. Fotosuratlar

12 soat o‘tib ularni politsiya tarqatib yubordi - 300 kishi hibsga olingan.

Falastin tarafdorlari bo‘lgan namoyishchilar 29 aprel kuni Hamilton-hollni egallashdi va barrikada qurishdi — bu Kolumbiya universitetining asosan ma’muriy ofislar joylashgan asosiy kampuslaridan biridir. Bino egallab olinishi tarixda uchinchi bor kuzatildi, bunday holat 1968 va 1985 yillardagi talabalar g‘alayonlari vaqtida ro‘y bergan. Namoyishchilar egallab olingan binoni 12 soat davomida ushlab turishgan, keyin esa politsiya reydi davomida bino ozod etilgan; 300 nafar atrofidagi kishi hibsga olingan. Bino egallab olingani tufayli universitet rahbariyati darslarni masofaviy formatga o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

Falastin tarafdorlarining namoyishlari boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalarining kampuslarida ham davom etmoqda: Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti, Texas universiteti, Chapel-Hilldagi Shimoliy Karolina universiteti va boshqalar. Associated Press nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, namoyishlarning ikki haftasi davomida politsiya mingdan ortiq faollarni qo‘lga olgan.

Namoyishchilarning Nyu Yorkdagi Kolumbiya​​​ universiteti kampusi hududida o‘rnatgan lagerida 29 aprel kungi vaziyat
Victor J. Blue / The Washington Post / Getty Images
Universitetning 1907 yilda qurilgan va AQShga asos solgan otalardan biri bo‘lgan Aleksandr Hamilton sharafiga nomlangan ma’muriy binosi bo‘lmish Hamilton-hollga bostirib kirayotgan namoyishchilardan biri
Alex Kent / Getty Images
Nyu Yorkdagi Kolumbiya universiteti hududidagi Hamilton-holl balkonida «intifada» yozuvli banner
Selcuk Acar / Anadolu / Getty Images
Kolumbiya universiteti hududidagi Hamilton-holl binosi ichkarisida barrikada o‘rnatgan namoyishchilar. Hamilton-holl o‘z tarixida ikki bor shu kabi talabalar to‘lqini vaqtida ma’muriyat binosi egallab olinishini boshdan kechirgan. Xususan, bino 1968 yil aprelidagi namoyishlar chog‘ida egallab olingandi. Vaziyat 1985 yilda, talabalar JARdagi aparteid siyosatiga qarshi chiqishganida takrorlangandi
Alex Kent / Getty Images
Falastin bayrog‘ini ko‘targan namoyishchi Hamilton-holl tomida
Spencer Platt / Getty Images
Hamilton-hollda qamalib olgan namoyishchilar yegulik va boshqa zarur narsalar solingan qutini balkonga tortib olishmoqda
Mary Altaffer / Getty Images
Faollar Kolumbiya universiteti timsoli bo‘lgan haykalga (Alma Mater) Falastin harakati ramzi bo‘lgan arafatkani olib qo‘yishgan
Selcuk Acar / Anadolu / Getty Images
Kolumbiya universiteti hududidagi Hamilton-hollga kirish joyini to‘sib qo‘ygan namoyishchilar
Olga Federova / EPA / Scanpix / LETA
Politsiyachilar namoyishchilar to‘sib qo‘ygan binoga yorib kirish uchun maxsus texnikadan foydalanmoqda
Selcuk Acar / Anadolu / Getty Images
Politsiyachilar yuk mashinasi tomiga o‘rnatilgan rampasi orqali Hamilton-hollning ikkinchi qavatiga ko‘tarilmoqda
Stephani Spindel / EPA / Scanpix / LETA
1 mayga o‘tar kechasi namoyishchilar qo‘lga olinishi jarayoni
Alex Kent / Getty Images
Kolumbiya universiteti kampusida politsiya reydi chog‘ida qo‘lga olingan namoyishchilar
Stephanie Keith / Getty Images
Nyu York politsiyasi xodimlari Kolumbiya universiteti kampusini tozalash chog‘ida bir safga tizilishdi
Kena Betancur / AFP / Scanpix / LETA
Alex Kent / Getty Images

Mavzuga oid