Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeTTB Xorazm viloyatidagi yo‘lni rekonstruksiya qilish uchun 238 mln dollar ajratadi
Mablag‘lar Xorazm viloyatini Qozog‘iston bilan bog‘lovchi yo‘l, shuningdek, Amudaryodagi ko‘prikni ta’mirlash uchun sarflanadi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Xorazm viloyatini Qozog‘iston bilan bog‘lovchi 4R156 «Urganch-Xonqa-Hazorasp-Toshsoqa-Amudaryo» A380 avtomobil yo‘li»ni rekonstruksiya qilish uchun 238 million dollargacha miqdorda suveren kredit ajratadi. Bu haqda YeTTB va O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, mablag‘lar 81 km uzunlikdagi yo‘lni va Amudaryo uzra o‘tgan ko‘prikni ta’mirlash uchun sarflanadi. Rekonstruksiya ishlari tugallangach, hozirgi bir qatorli 2-toifali yo‘l ikki qatorli 1-toifali avtomobil yo‘liga aylanadi. Shuningdek, bank mablag‘lari 4R156 yo‘li bo‘ylab yordamchi infratuzilmani modernizatsiya qilishga sarflanadi.
«Loyiha yangi yo‘lning o‘tkazuvchanligini sezilarli darajada yaxshilaydi, shu orqali Xorazm viloyatida savdo va turizmni rag‘batlantiradi», deyiladi YeTTB xabarida.
YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Chunki u «O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi strategik maqsadlarimizga javob beradi, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi bilan qamrab olingan global transport va logistika infratuzilmasi yechimlarining bir qismidir».
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston YeTTB tomonidan moliyalashtirish bo‘yicha qatorasiga 4 yildan beri Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda. Shu vaqtgacha bank mamlakat bo‘ylab 151 ta loyihaga 4,42 milliard yevro yo‘naltirgan.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025