«7 yillik faoliyatimdan keyin menga yangi chaqiruv kerak». Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi
Kilian Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi.
«PSJ» hujumchisi ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida mavsum yakunida klubni tark etishini ma’lum qildi, ammo qaysi jamoaga o‘tayotganini aytmagan.
«Men har doim vaqti kelsa, gapirishimni aytganman. Sizga bu mavsum «PSJ»dagi so‘nggisi ekanini aytmoqchiman. 7 yillik faoliyatimdan keyin menga yangi chaqiruv kerak.
Shartnomani uzaytirish niyatim yo‘q, bir necha haftadan keyin bu yerdagi sarguzashtim nihoyasiga yetadi. Yakshanba kuni «Park de Prens»dagi so‘nggi o‘yinimni o‘tkazaman», - deydi Kilian videomurojaatida.
Kilian 2017 yildan buyon Parij klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U 7 mavsumda 255ta golga mualliflik qilgan.
Avvalroq, Kilian «Real» bilan fevral oyidayoq shartnoma imzolagani, tomonlar bu haqda rasman e’lon qilmayotgani haqida xabarlar yangragandi.
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
10:24 / 30.08.2024
«Real» mavsum startida ikkinchi bor ochko yo‘qotdi
17:09 / 16.07.2024