Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston O‘zbekistonga 2,5 mln litr benzin yetkazdi
O‘zbekiston Qirg‘iziston benzinining asosiy xaridori bo‘lib turibdi.
2024 yil yanvar-mart oylarida Qirg‘iziston boshqa mamlakatlarga 2 million 941,2 ming litr avtomobil benzini yetkazib berdi. Bunday ma’lumotlar Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida keltirilgan.
Qirg‘izistondan eksport qilingan benzin qiymati 1,3 million dollarni tashkil etgani qayd etilgan.
Shundan O‘zbekistonga 1,1 million dollarga 2 million 557,2 ming litr, Afg‘onistonga 212,2 ming dollarga 384 ming litr benzin yetkazilgan.
Qirg‘iziston 2023 yil yanvar-mart oylariga nisbatan yoqilg‘i-moylash materiallari eksportini 764 ming litrga yoki 35 foizga oshirgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
20:42 / 20.05.2025