Jahon | 18:49 / 17.05.2024
9268
3 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Xarkiv oblastida vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina qo‘shini Xarkiv oblasti shimolida Rossiya yurishi bilan bog‘liq vaziyatni «barqarorlashtirish»ga muvaffaq bo‘lgan — RF qo‘shini so‘nggi hafta davomida frontning mazkur uchastkasida kamida o‘n kilometrga ilgarilagandi. Bu haqda 17 may kuni jurnalistlar bilan muloqotda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.

«Bugungi kun uchun asosiysi — bizning mudofaa kuchlarimiz vaziyatni barqarorlashtirishdi… Bugun mudofaa kuchlarimiz rossiyaliklarni turgan joyida to‘xtatdi. Ularning eng chuqur kirib kelgan nuqtasi — 10 kilometr. Yo‘nalishda dushmanning ayrim brigadalarida hech qanday ilgarilash yo‘q — bungacha ham bo‘lmagandi», — deya prezidentdan iqtibos keltirgan «Ukrainskaya pravda».

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini «mudofaaning beton liniyasi»gacha yetib kelmagan va birinchi liniya atrofida bo‘lib turibdi.

Birinchi liniya — chegara emas, u yerda qurib bo‘lmaydi, chunki u yerda ishlagan odamlar rossiyaliklar ishlatgan qurollardan halok bo‘ldi. Ular hozir taxminan o‘sha yerda. Bu birinchi liniya, bu harbiylarimiz urushda, to‘xtovsiz zarbalar ostida qurgan liniya. Birinchi va ikkinchi liniyani harbiylar qurishgan, uchinchisini esa mahalliy hukumat. Bunisi eng kuchlisi — bu ular harbiylardan yaxshiroq ekani uchun emas, shunchaki bu chiziq qurollardan, snaryadlardan, otishmalardan yiroq bo‘lgani uchun.

Rossiya qo‘shinining asosiy nishoni Vovchansk shahri hisoblanadi, deya qo‘shimcha qilgan prezident.

  • Rossiya qo‘shini 10 may kuni Xarkiv oblastida yurish boshlagandi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 13 may kuni rossiyalik harbiylar Vovchansk uchun janglarda «taktik yutuqlarga egaligi» haqida ma’lum qilgandi. Keyingi kuni Ukraina qurolli kuchlari Vovchansk atrofidagi kuchlarini «nisbatan qulayroq pozitsiyalar»ga o‘tkazganini ma’lum qildi. Bosh shtabning 16 may kungi hisobotida ukrainalik harbiylar Rossiyaning Vovchanskdagi kvartallarga kirib kelish va mustahkamlanish rejalari yo‘qqa chiqarilgani ma’lum qilingan.

Mavzuga oid