Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istondagi ayrim mehmonxonalarga subsidiya beriladi
Subsidiya Qoraqalpog‘iston hududida faoliyat yuritayotgan, ilgari yulduz toifasiga ega bo‘lmagan va 3 yulduzli toifaga aylantirilgan mehmonxonalarga beriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 3 yulduzliga aylantiriladigan mehmonxonalarga subsidiya berish tartibi belgilanmoqda.
Subsidiya Qoraqalpog‘iston hududida faoliyat yuritayotgan, ilgari yulduz toifasiga ega bo‘lmagan va 3 yulduzli toifaga aylantirilgan mehmonxonalarga beriladi.
Subsidiya miqdori – har bir xona uchun 20 mln so‘m. Subsidiyani olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali murojaat etish lozim. Subsidiyani to‘lab berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan 10 ish kuni ichida mablag‘lar tadbirkorlik sub’yektining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
Subsidiyani olgan tadbirkorlik sub’yekti mehmonxona xizmatini ko‘rsatishi hamda yulduzli toifani kamida 5 yil mobaynida saqlab turishi kerak. Aks holda, tadbirkorlik sub’yekti olgan subsidiya mablag‘larini qaytarishga majbur (qaytariladigan mablag‘lar miqdori faoliyatni davomiyligidan kelib chiqib aniqlanadi).
Mavzuga oid
17:12 / 22.10.2024
Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi zaharlanishdan halok bo‘ldi
13:38 / 21.10.2024
812 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan mehmonxona aniqlandi
10:27 / 14.09.2024
Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi
19:12 / 24.08.2024