Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Madrid shahri Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bog‘lanadi.
Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Madrid shahri Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bog‘lanadi. Madrid-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi 2024 yil 23 mayga belgilangan.
«Toshkent – Madrid – Toshkent» va «Urganch - Madrid - Urganch» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
Charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024 yilning sentabridan oktyabriga qadar qayta tiklanadi.
World2Fly — 2020 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Malyorkada (Ispaniya) joylashgan aviakompaniya.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
13:49 / 12.04.2025