Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minoti to‘xtatiladi
Mirobod va Chilonzor tumanidagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi bo‘lmaydi.
Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 23 may kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Hududlar:
- Mirobod tumani: «Sarako‘l» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Chilonzor tumani: «Bekto‘pi» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
22:08 / 02.05.2025
Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi
13:56 / 02.05.2025