«G‘ishtko‘prik» postida avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi
Toshkent viloyatida avtobus qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida xufiyona yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatida 1 mlrd 770 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini avtobusda yashirincha olib kirish holati aniqlandi.
Viloyat bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda, mamlakatga o‘tish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtobus belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Shunda avtobusning qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida xufiyona yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.
Mavzuga oid

08:56 / 02.04.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

09:10 / 23.03.2025
Toshkentda turistlar avtobusi tutab ketdi

23:41 / 20.03.2025