Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 6-sinf o‘quvchilarini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Tuproqqal’a tumanidagi maktablardan birining geografiya o‘qituvchisi dars vaqtida 2 bola o‘zaro gaplashgani uchun ularni ayovsiz kaltaklagan. Voqeadan keyin pedagog o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgan.
Foto: Videodan kadr
Tarmoqlarda Xorazmdagi maktablardan birida o‘qituvchi dars vaqtida 2 nafar o‘quvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, voqea 23 may kuni Tuproqqal’a tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 6-sinf o‘quvchilari geografiya fani darsida o‘zaro gaplashib o‘tirgani uchun o‘qituvchi tanbeh bergan. Keyin esa ularga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
Videoyozuv tarmoqlarda tarqalib, mas’ullar o‘rganganidan so‘ng o‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgan, ishdan bo‘shatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida urgandi. Undan oldin esa Xorazmda ham o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kaltaklagandi.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025