Rafahda ochilgan chegara, Ukrainaga berilgan ruxsat va Tramp uzra qamoq ko‘lankasi - kun dayjesti
Jahonda o‘tgan kun davomida ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestimizda tanishing.
G‘azodagi vaziyat
Falastinliklar Jabaliya hududida ommaviy vayrongarchiliklar guvohi bo‘lishdi. Jabaliya — G‘azo sektorining shimolidagi hudud bo‘lib, bu maskanni Isroil harbiylari to‘xtovsiz 20 davomida o‘qqa tutishgan. Bu hududda yashovchi 20 mingdan ortiq falastinliklar intensiv aiviazarbalar natijasida o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lishgan.
Rafahdagi qirg‘in Isroilning asrlar osha davom etayotgan qotillik an’analarining davomi bo‘ldi. 7 oktyabrdan buyon o‘tgan 238 kun davomida Isroil G‘azoda 3200 dan ortiq ommaviy qirg‘in o‘tkazgan.
Isroil shu kungacha kamida 26 ming 284 falastinlikning boshiga yetdi. Ularning 71 foizi ayollar, bolalar va go‘daklardir. 238 kun ichida yarador bo‘lganlarning soni 82 ming 57 kishiga yetgan. 10 mingdan ziyod insonlar vayronlar ostida qolib bedarak ketgan.
Bu orada G‘azoda ocharchilik qurbonlari soni ham ortib bormoqda. G‘azoga hujumning ilk kunlarida tug‘ilgan falastinlik 7 oylik Fayz Abu Atayya ismli go‘dak ochlikdan vafot etdi. Bu Isroil tomonidan Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish punktining qamal qilinishi oqibati.
Isroilni Rafah nazorat o‘tkazish punktini ochishga majbur qilishdi. Insonparvarlik yordami yetkazish uchun Isroil va Misr G‘azo janubidagi nazorat o‘tkazish punktini ochish uchun prinsipial kelishuvga erishgan. May oyi boshlarida Isroil qo‘shinlari chegara nazorat pukntini egallab yopib qo‘yishgan edi. Chegara ochilishiga AQShning har ikki tomonga bosimi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
G‘azoda tinchlik tashabbusi
AQSh prezidenti Jo Bayden 31 may, juma kuni Isroil taklif qilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha yangi rejani taqdim etdi. Reja deeskalatsiyaning uch bosqichi, asosan, doimiy sulh va Isroilning Falastin hududidan chiqib ketishini o‘z ichiga oladi.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, hujjat Qatar vositachilari orqali allaqachon HAMAS vakillariga berilgan.
Rejaga ko‘ra, birinchi bosqich olti hafta davom etishi kerak. Unda to‘liq va yakuniy o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektoridagi aholi punktlaridan olib chiqib ketilishi va yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga bir qator isroillik garovga olinganlarni qaytarish kiradi. Ikkinchi bosqich harbiy harakatlarni yakuniy to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, bu bosqichda qolgan barcha garovga olinganlar Isroilga qaytarilishi kerak. Nihoyat, uchinchi bosqichda AQSh va xalqaro hamjamiyat ko‘magida mintaqani keng ko‘lamli qayta qurish rejasi boshlanadi, bu esa 3-5 yil davom etadi. HAMAS tomonidan o‘ldirilganlarning jasad qoldiqlari isroillik oilalarga qaytarilishi kerak.
Bayden HAMASni kelishuvni qabul qilishga chaqirdi
Baydenning nutqidan so‘ng Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi bayonot berib, G‘azo sektoridagi urush maqsadlarini takrorladi. Hisobotda qayd etilganidek, Isroil barcha garovga olinganlar qaytarilmaguncha, HAMAS yetakchiligi va harbiy salohiyati yo‘q qilinmaguncha urushni to‘xtatmoqchi emas.
Ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS Bayden taqdim etgan kelishuvni olqishlagan. Guruh vakillarining so‘zlariga ko‘ra, agar Isroil «bu borada aniq majburiyatini bildirsa», ular doimiy o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan to‘liq olib chiqishga asoslangan har qanday taklifga «konstruktiv munosabatda bo‘lishga» tayyor.
Ukrainadagi urush
Germaniya Kiyevga Rossiyadagi nishonlarni nemis qurollari bilan urishga ruxsat berdi. Xalqaro qonunlarga ko‘ra, Ukraina Rossiya hujumlaridan o‘zini himoya qilish huquqiga ega, degan Germaniya hukumati vakili.
GFR hukumati matbuot kotibi Shteffen Hebeshtraytga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Ukraina «xususan, Xarkiv viloyatida Rossiya chegarasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tutash pozitsiyalardan» hujumlarga uchragan. «Biz aminmizki, Ukraina xalqaro huquq bo‘yicha o‘zini bu hujumlardan himoya qilish huquqiga ega», — dedi u.
Jo Baydenning ko‘rsatmalariga binoan AQSh prezidenti ma’muriyati ham Ukrainaga Rossiya Federatsiyasi hududiga, ammo Rossiya tomonidan hujumga uchragan shaharni himoya qilish uchun «faqat Xarkiv bilan chegarada» Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar yo‘llashga norasmiy tarzda ruxsat bergan.
Politico suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z jamoasiga «Xarkivda javob qaytarish uchun» Ukrainaning Amerika qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni va Ukraina Qurolli kuchlariga «zarba bergan yoki bunga tayyorlanayotgan Rossiya qo‘shinlariga javoban hujum qilishiga» ruxsat berishni buyurgan. Shu bilan birga, nashr manbasining ta’kidlashicha, Ukraina Rossiya Federatsiyasidagi fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilish uchun Amerika qurolidan foydalana olmaydi yoki Rossiya hududi ichkarisidagi harbiy nishonlarga zarba bera olmaydi.
Ukraina qurolli kuchlari Finlandiyadan olingan qurollar bilan Rossiya hududidagi nishonlarga hujum qilishi mumkin, degan mamlakat tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen. 30 may kuni Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqan edi.
Qozog‘istonga parvozlarga ruxsat
Qozog‘istondan Yevropa Ittifoqiga parvozlarga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi. Yevropa Komissiyasi Qozog‘iston aviatsiyasi ma’muriyati tomonidan xavfsizlik choralari bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarni ijobiy baholadi.
Bunday qaror Yevrokomissiyaning Parvozlar xavfsizligi qo‘mitasi yig‘ilishida Yevropa Ittifoqining 27 davlati aviatsiya hokimiyati vakillari ishtirokida qabul qilingan.
Yig‘ilishda Qozog‘iston delegatsiyasi avvalroq aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilganini tushuntirib bergan. Yevropa Komissiyasi amalga oshirilgan harakatlarni ijobiy baholagan.
Qozog‘iston aviatashuvchilari ilk bor 2009 yilda Yevropa Ittifoqining qora ro‘yxatiga kiritilgan edi. Keyin Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) audit davomida o‘z standartlarining past darajada bajarilishini aniqladi. Shu sababli Yevrokomissiya Air Astana kompaniyasidan tashqari Qozog‘istonning barcha aviakompaniyalarining Yevropa mamlakatlariga parvozlarini taqiqladi.
2018 yilda Yevropa komissiyasi Qozog‘iston aviakompaniyalarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga parvozlaridagi cheklovlarni bekor qildi. Ammo 2019 yilda Bek Air samolyoti halokatidan so‘ng, Yevrokomissiya Qozog‘iston aviatsiya ma’muriyatining mamlakatda parvozlar xavfsizligini samarali nazorat qilish qobiliyatini yana shubha ostiga qo‘ygan edi.
Tramp qamaladimi?
AQSh prezidentligi lavozimi uchun yana kurash olib borayotgan Donald Tramp mamlakat tarixida jinoyat sodir etgan deb topilgan ilk prezident bo‘ldi. Biroq u prezidentlik saylovida ishtirokini to‘xtatmaydi, chunki Amerika qonunchiligi jinoyat sodir etgan mahkumlarni saylovda nomzod sifatida qatnashishini taqiqlamaydi.
11 iyul kuni Donald Trampga moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topilgan ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinadi. Agar unga qamoq jazosi berilsa, nazariy jihatdan u hatto qamoqdan ham prezidentlikka saylanishi mumkin. Bu holda unga biriktirilgan tansoqchilar hattoki qamoqda ham uni qo‘riqlashadi.
«Huquqiy nuqtai nazardan Trampning prezidentlikka nomzod maqomi bilan hech narsa o‘zgarmaydi», degan ekspertlardan biri.
Qizig‘i shundaki, Tramp Florida shtatida yashovchi sifatida uning qat’iy qonunlariga bo‘ysunadi. Bu shtatda jinoyat sodir etgan mahkumlarga jazo muddati tugamaguncha saylovlarda ovoz berish taqiqlanadi. Bu qoida munozarali va bahsli hisoblanadi, biroq nazariy jihatdan Tramp saylovda ovoz berish huquqini yo‘qotishi mumkin, ammo nomzodlik maqomidan ayrilmaydi.
Mavzuga oid
13:50 / 22.11.2024
G‘azodagi misli yo‘q zulm, Netanyahu hibsi uchun order va Putinning tahdidli chiqishi - kun dayjesti
13:54 / 21.11.2024
G‘azo masalasiga veto qo‘ygan AQSh, Baydenning ruxsatini ma’qullamagan Erdo‘g‘an va Storm Shadowʼlar bilan Rossiyaga ilk zarba - kun dayjesti
13:54 / 20.11.2024
G‘azodagi harbiy nazorat, Ukraina urushiga 1000 kun va ATACMS bilan Rossiyaga ilk zarba - kun dayjesti
14:03 / 19.11.2024