Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada ABBA musiqachilari ritsarlik unvonini oldi
ABBA pop-guruhi a’zolari Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va uning rafiqasi qirolicha Silviya qo‘lidan Vaza faxriy ordenini oldilar. U oxirgi 50 yil davomida shvedlarga berilmagan.
Shvetsiyaning mashhur ABBA pop-guruhi musiqachilari - Benni Andersson, Agneta Felskog, Anni-Frid Lingstad va Born Ulveus - birinchi darajali Vaza faxriy ordeni ritsarlari bo‘lishdi, bu Shvetsiyada ritsarlik unvonini berishni anglatadi. Shvetsiyaning Dagens Nyheter gazetasi 31 may, juma kuni o‘z saytida ta’kidlaganidek, Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va uning rafiqasi qirolicha Silviya qo‘lidan olingan mukofot musiqachilarning mamlakat rivojiga qo‘shgan «alohida hissasi uchun» e’tirof bo‘ldi.
Nashrning eslatishicha, qirollik oilasiga mansub bo‘lmagan shvedlarga Vaza ordeni berilishi 1975 yilda bekor qilingan. Biroq, 2022 yilda Shvetsiya parlamenti (riksdag) bu an’anani qayta tikladi. ABBA musiqachilari deyarli 50 yil ichida birinchilardan bo‘lib faxriy mukofotga sazovor bo‘lishdi. Qaror 2024 yil mart oyida e’lon qilingan.
Marosim 31 may kuni Stokholmdagi qirollik saroyining «Oq dengiz» zalida bo‘lib o‘tdi. Umuman olganda, Vaza ordeni 13 shvedga topshirildi. ABBA guruhi a’zolaridan tashqari, mukofotni, xususan, fiziologiya va tibbiyot hamda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari Svante Paabo va Ann L’Yuile, artist Yeva Ridberg va boshqa taniqli shaxslar olishdi.
50 yil oldin, 1974 yilda ABBA «Yevrovideniye» musiqa tanlovida Waterloo qo‘shig‘i bilan g‘olib chiqqanidan keyin butun dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. O‘shandan beri musiqachilar 400 milliondan ortiq albom va singllarni sotgan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025