Xarkivga zarba. Besh qavatli uy vayron bo‘lgan. Urush suratlari
Ukrainada urushning 830-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Belgorod oblastidagi rayon ma’muriyati rahbari o‘rinbosari o‘q-dori portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi.
- Shebekino o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan olti kishi qurbon bo‘ldi.
- Rossiya mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi Umanskiy qishlog‘i egallangani haqida xabar berdi.
- Zelenskiy Xitoyni Shveytsariyadagi tinchlik sammitida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi.
- DPA: Saudiya Arabistoni Rossiya taklif etilmagani uchun
- Shveytsariyadagi tinchlik sammitida ishtirok etishga rozi bo‘lmagan.
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi yo‘lda ketayotgan zirhli mashinasi
Donetsk oblastidagi janglarda «Xolodniy Yar» nomli 93-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi ham ishtirok etmoqda. Ukraina QKning bu bo‘linmasi Donbassda 2014 yildan buyon jang qilmoqda. Bo‘linma saytida aytilishicha, «Xolodniy Yar» birinchilardan bo‘lib ittifoqchilarning zamonaviy qurollarini qo‘lga kiritgan, shu bilan bir vaqtda ukrainalik ishlab chiqaruvchilarning ilg‘or innovatsiyalarini ham hayotga tatbiq etmoqda.
Ukrain armiyasiga yangi chaqirilganlarning mashg‘ulotlari
The Washington Post jurnalistlari o‘n minglab kishilar ukrain armiyasiga safarbar qilinishi arafasida harbiylar, jumladan bo‘linmalar komandirlari bilan uchrashib, Ukraina qurolli kuchlari uchun yangi kadrlar tayyorlash masalasida gaplashishdi. Nashr maqolasida keltirilishicha, harbiylar o‘qitish tizimi yomonligidan shikoyat qilishgan — yangi chaqirilganlar uchun ham, nisbatan tinch bo‘lgan ichki hududlardan o‘tayotgan harbiylar uchun ham. Maqolada aytilishicha, aynan yaxshi tayyorgarliksiz frontga tushib qolish ehtimoli yuqoriligi — ko‘plab ukrainlar safarbarlikdan cho‘chishining asosiy sababidir. Nashr jurnalistlari bilan gaplashishga rozilik bergan harbiylarning barchasi armiya uchun odam yig‘ish va ularni o‘qitish tizimini yaxshilash zarurligi borasida yakdil fikr bildirishgan. Ularning qayd etishicha, busiz Rossiya bosqiniga qarshi turishda samaraga erishib bo‘lmaydi.
Xarkivda Rossiya armiyasi zarbasiga uchragan uyning ko‘rinishi
31 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning navbatdagi raketasi Xarkivning Novobavarskiy rayonidagi besh qavatli uyga kelib urildi. Uyning yuqori qavatlari butkul vayron bo‘lgan, binoda yong‘in chiqqan. Ukraina bosh prokurori ofisiga ko‘ra, to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 20 kishi yaralangan. Quyidagi kadrlar 1 iyun kuni tasvirga olingan. Halok bo‘lganlardan to‘qqizinchisining jasadini qutqaruvchilar 2 iyun kuni topishgan.
Mavzuga oid
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024
Zalujniy: «Xush kelibsan, uchinchi jahon urushi»
16:43 / 21.11.2024
Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi - UHK
15:39 / 21.11.2024