O‘zbekiston | 08:03 / 07.06.2024
2999
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada doktorantura uchun o‘zbekistonliklarga stipendiyalar ta’sis etiladi

O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Turkiya universitetlari doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi joriy yildan yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston prezidentining Turkiyaga oliy darajadagi tashrifi doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovni Turkiya oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar qabul qildi

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.

Turkiya oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Turkiya universitetlarining doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi joriy yildan yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid