Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
15, 16, 17 iyun kunlari Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Toshkentdan Xiva, Termiz, Shovot va Qo‘ng‘irotga boradigan poyezdlar vagonlari soni oshiriladi.
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, 15, 16, 17 iyun kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
14 iyundan 20 iyunga qadar quyidagi yo‘nalishlarda 4 tadan 6 tagacha qo‘shimcha vagonlar ulanib, poyezdlar tarkibidagi vagonlar soni 16 tadan 22 tagacha oshiriladi:
- Toshkent — Xiva — Toshkent;
- Toshkent — Qo‘ng‘irot — Toshkent;
- Toshkent — Shovot — Toshkent;
- Toshkent — Termiz — Toshkent.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025