Xorazmda odam urib yuborib uning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qochib ketdi
Viloyat IIB fuqarolarga murojaat qilib, Haydovchi va mashinani topishda ko‘mak so‘radi.
Xorazm viloyati Xonqa tumanida odam urib yuborib jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qochib ketgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 18 iyun kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni soat 01:45 larda Urganch-Xonqa avtomobil yo‘li chekkasida ketayotgan, Xonqa tumani Bunyodkor mahallasida yashovchi 35 yoshli X.E.ni noma’lum mashina urib yuborgan.
Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmasdan hodisa joyidan qochib ketgan. Oqibatda u olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda YTHni sodir etgan haydovchi hamda unga tegishli mashinani aniqlash va ushlashga qaratilgan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Aziz yurtdoshlar, agar siz ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan shaxs to‘g‘risida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 102; 62 220-40-14; 97-602-02-22; 90-713-08-13 raqamli telefonlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Jinoyatni fosh etishda yaqindan yordam bergan shaxs 10 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi va unga tegishli ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024