11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan shaxs qo‘lga olindi
31 yoshli erkak o‘zining 5 farzandi bo‘la turib, bloger niqobi ostida boshqa ayolni ikkinchi xotin qilib olgan va uning voyaga yetmagan 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelgan. U 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
11 yoshli qizni zo‘rlab kelgan erkak qo‘lga olingan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda. Xabarda voqea qachon, qaysi hududda ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lum qilinishicha, 5 farzandning otasi bo‘lgan shaxs qonuniy xotini bo‘la turib, bloger niqobi ostida boshqa bir erkak bilan rasmiy nikohi bekor qilinmagan ayolni o‘ziga ikkinchi xotin qilib olgan. Shu bilan ham qoniqmay, ikkinchi xotinining voyaga yetmagan qizini ham muntazam zo‘rlab kelgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyatining aralashuvi bilan, bolaning huquqlari poymol bo‘lishi oldi olingan. Hozirda agentlik tomonidan jabrlanuvchiga zarur tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan 31 yoshli A.K. rad etib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat kodeksining mazkur moddasida 15 yildan 20 ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
17:45 / 12.08.2024
Surxondaryoda 10 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qamoqqa olindi
07:47 / 21.06.2024
Toshkent viloyatida 6 yoshli qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 60 yoshli shaxsga jinoyat ishi ochildi
21:10 / 14.05.2024
Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda
12:23 / 14.05.2024