Iqtisodiyot | 12:49 / 26.06.2024
3826
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekiston importida eng yuqori ulushga ega davlat bo‘lib qoldi

O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 4,2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 3,4 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 1,1 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

—  Koreya – 905 mln dollar;
—  Turkiya – 703 mln dollar;
—  Turkmaniston – 407 mln dollar;
—  Germaniya – 396 mln dollar;
—  Hindiston – 318 mln dollar;
—  AQSh – 276 mln dollar;
—  Litva – 230 mln dollar.

Mavzuga oid