Iqtisodiyot | 08:20 / 01.07.2024
2485
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 5 oyda 10,6 trln so‘m soliq imtiyozlaridan foydalandi

Eng ko‘p soliq imtiyozi QQSda foydalanilgan – 5,4 trln so‘m.

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 5 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalangani ma’lum qilindi. 

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida 122 862 ta tashkilot 10,6 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. 

Shu bilan birga:

2 561 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 7,9 trln so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;

5 958 ta korxona 13 trln so‘mdan ziyod QQS “nol” stavkasini qo‘llagan. 

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

  • QQS – 5,4 trln so‘m;
  • yer solig‘i – 1,8 trln so‘m;
  • foyda solig‘i – 1,2 trln so‘m;
  • mol-mulk solig‘i – 979,2 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq – 725,6 mlrd so‘m;
  • JShODS – 357 mlrd so‘m
  • AOS – 48,7 mlrd so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,4 mlrd so‘m. 

Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va “nol” stavka hisobi alohida yuritiladi.

Mavzuga oid