Buxorodagi korxona omborida yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlari yonib ketdi
Buxoro shahrida joylashgan korxonalarning birida omborda yong‘in sodir bo‘ldi.
Viloyat FVB xabariga ko‘ra, 15 iyul kuni soat 13:00 da Buxoro shahar, “Shayxul olam” MFY Qarshi darvoza ko‘chasi 1-uyda joylashgan MChJning tayyor mahsulot saqlash omborxonasining taxminan 1000 kv m maydoni ichki qismida yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlari yongan.
O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga 13:02 da yetib borgan, yong‘in 16:10 da batamom o‘chirilgan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari bilan 8000 kv m maydon saqlab qolindi.
Yong‘inga 11 ta yong‘in o‘chirish ekipaji, 2 ta avtonarvon, 106 nafar shaxsiy tarkib va 10 ta suv tashish avtomobili, Buxoro viloyati Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism xodimlari jalb qilingan.
Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Mavzuga oid
17:50
Buxoroda hokimlar, o‘rinbosarlar va sektor rahbarlari 6 oylik favqulodda ish tartibiga o‘tkazildi
20:33 / 28.11.2024
Buxoroda salkam 9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
12:03 / 28.11.2024
Buxoroda gaz portlashi: bir oiladan 2 kishi vafot etdi, 2 kishi kuyish jarohatini oldi
16:43 / 27.11.2024