O‘zbekiston | 19:41 / 26.07.2024
4068
2 daqiqa o‘qiladi

Ov qilishga faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida ruxsat beriladi

Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.

Foto: Getty Images

«Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 sentabrdan ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:

- ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo‘jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;

- ovchilik xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

1 bosqichda – 10 yil muddatga;

- investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga ko‘ra:

2-bosqichda – 10 yil muddatga;

3-bosqichda – 29 yil muddatga.

Bunda, 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror ko‘paytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.

elektron onlayn-auksion g‘olibi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xo‘jaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid