Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 avgustdan Raqamli kriminalistika institutiga bir qator huquqlar beriladi
2024 yil 1 avgustdan Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga bir necha huquqlar beriladi.
“Huquqiy axborot” kanaliga ko‘ra, Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagi huquqlar beriladi:
➖raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o‘tkazish;
➖jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq qilish hamda o‘rganilgan ma’lumotlar bo‘yicha xulosalar tayyorlash;
➖raqamli kriminalistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni zamonaviy raqamli kriminalistika ekspertiza turlari bo‘yicha masofaviy va an’anaviy tarzda o‘qitish;
➖raqamli kriminalistika faoliyatini amalga oshirish hamda maxsus kriminalistika laboratoriyalari ishini samarali tashkil etish uchun shartnoma asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
➖ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari doirasida hamda texnik vosita va butlovchi ehtiyot qism sifatida foydalanish uchun Ichki ishlar vazirligida yuritiladigan raqamli axborot tashuvchi qurilmalar (mobil telefon, smartfon, planshet, kompyuter texnikasi, videoregistrator, qattiq disk, flesh xotira va tashqi jamlagichlar) kolleksiyasidan foydalanish;
➖ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur bo‘lgan statistik va boshqa axborotni vazirliklar va idoralardan bepul asosda so‘rab olish.
Mavzuga oid
11:29 / 28.04.2025
Toshkentda fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritish evaziga 13 ming dollar olgan shaxs ushlandi
12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
14:10 / 27.02.2025
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining vazifalari belgilandi
08:45 / 07.08.2024