O‘zbekiston | 19:00 / 30.07.2024
2602
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Navoiyuran” DKning IFRS moliyaviy hisobotlariga “Katta to‘rtlik” auditorlari ijobiy xulosa berdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “2022 - 2030 yillarda "Navoiyuran" DKda uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-sonli qaroriga muvofiq, korxonada keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlari boshlangan.

Foto: "Navoiyuran" DK axborot PR xizmati

Ma’lumot uchun:

  • korxonada ESG tamoyillarini joriy etish maqsadida korxona faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirish;
  • korxonaning ishlab chiqarish, moliya, buxgalteriya, omborlarni, kadrlar va boshqa jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida “SCADA Dashboard” ishlab chiqarish jarayonlarining tahlil tizimi va resurslarni boshqarish tizimi “ERP”ni joriy qilish;
  • zamonaviy inson resurslarini boshqarish (HR) tizimini joriy etish;
  • uran zaxiralarni Avstraliyaning JORC kodeksi talablariga muvofiq baholash;
  • Moliyaviy hisobotlarni IFRS standartlariga (Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari) o‘tkazish va ularni xalqaro audit tashkilotlaridan o‘tkazish hamda xalqaro kredit reytingini olish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.   

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonaning 2022-2023 yillar uchun moliyaviy hisobotlari IFRS standartlarini “birinchi marta qo‘llash” (“First time adoption”) talablari asosida tayyorlandi.

Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari talabidan kelib chiqib, korxona balansidagi asosiy konlarning (17 ta) uran zaxiralari “SRK Consulting” xalqaro kompaniyasi tomonidan Avstraliyaning JORC kodeksi talablariga muvofiq baholandi va zaxiralar miqdori 70,7 ming tonna deb topildi. Shuningdek, uzoq muddatli aktivlarning haqqoniy bahosi (“Fair Value”) aniqlanib, 2023 yil yakuni bilan ularning qiymati qariyb 6 trln so‘mni tashkil etdi.

IFRS standartlariga muvofiq korxonaning 2023 yil uchun sof foydasi 2,9 trln so‘m tashkil etgani tasdiqlandi.

“Navoiyuran” davlat korxonasi mutaxassislari tomonidan IFRS standartlari ishlab chiqilgan 2022-2023 yillar moliyaviy hisobotlari “Katta to‘rtlik” safiga kiruvchi “Deloitte” auditorlik tashkiloti tomonidan auditdan o‘tkazildi va hisobotlarga ijobiy xulosa berildi.

“Katta to‘rtlik” auditor tashkilotlarining bunday xulosasi korxonaning buxgalteriya, hisob-kitob, moliya tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini, tayyorlangan moliyaviy hisobotlar haqiqatga mosligini va ushbu hisobotlar asosida korxona investitsiya loyihalariga davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish mumkinligini anglatadi.

Korxonaning Loyiha ofisi ma’lumotlariga ko‘ra, moliya yo‘nalishidagi transformatsiya jarayonlarining keyingi bosqichi bu – Fitch Ratings agentligidan kredit reytingini qo‘lga kiritish hisoblanadi.

Prezident qaroriga muvofiq, “Navoiyuran” DKga xalqaro reyting agentliklari biridan kredit reytingini qo‘lga kiritish, joriy yilning oktyabr oyi etib belgilangan.

  "Navoiyuran" DK axborot PR xizmati

Mavzuga oid