Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Olimpiadadagi debyutini g‘alaba bilan boshladi
23 yoshli jahon chempioni hozirgacha chorakfinalga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik 8-bokschiga aylandi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining bugun jangini o‘tkazgan ikkinchi vakili ham g‘alabaga erishdi.
–71 kg vaznda ishtirok etayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev olimpiya o‘yinlaridagi debyutini Afrika o‘yinlari finalchisi, misrlik Omar Elavadiga qarshi o‘tkazdi va to‘liq ustunlikka erishib (5:0), 1/4 finalga chiqdi.

Kun davomida –57 kg vazn toifasi vakili Abdumalik Halokov ham birinchi jangida g‘alabaga erishgandi.
Shu tariqa, Asadxo‘ja chorakfinalga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik 8-bokschiga aylandi.
Bungacha Ruslan Abdullayev, Lazizbek Mullajonov, Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, Sitora Turdibekova, To‘rabek Habibullayev va Abdumalik Xalokov ham keyingi bosqichga chiqqan, Nigina O‘ktamova turnirni tark etgandi. –66 kg vazn toifasi vakili Navbahor Hamidova va –50 kg vazn toifasi vakili Sabina Boboqulova ilk jangini 1 avgust kuni o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik bokschilarning keyingi janglari taqvimi:
1 avgust
1/4 final
–63,5 kg, Ruslan Abdullayev — Uatt Senford (Kanada)
1/8 final
–50 kg, Sabina Boboqulova — Raksat Chutamat (Tailand)
–66 kg, Navbahor Hamidova — Morelle MakKeyn (AQSh)
1/4 final
–92 kg, Lazizbek Mullajonov — Keno Marley Machado (Braziliya)
2 avgust
1/8 final
–57 kg, Sitora Turdibekova — Lin Yu Ting (Taypey)
1/4 final
+90 kg, Bahodir Jalolov — Teremoana Teremoana (Avstraliya)
–51 kg, Hasanboy Do‘smatov — Saken Bibossinov (Qozog‘iston)
–80 kg, To‘rabek Habibullayev — Arlen Lopes (Kuba)
3 avgust
1/4 final
–57 kg, Abdumalik Halokov — Hose Kuiles Brotons (Ispaniya)
–71 kg, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Nikolay Tertenyan (Daniya).
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025