Toshkentda Nexia yonib ketdi
Hodisada hech kim halok bo‘lmagan va tan jarohatlari olmagan. Avtomobil to‘liq yonib ketgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahrida Nexia mashinasi yonib ketgan. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 3 avgust kuni soat 19:07 da Toshkent shahar FVBga Yashnabod tumani, Uysozlar ko‘chasida joylashgan, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida Nexia yonayotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 19:15 da yetib borib, soat 19:19 da yong‘in o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim halok bo‘lmagan va tan jarohatlari olmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025