Google sobiq rahbari va amerikalik general AQSh kelajak urushiga tayyor emasligini ma’lum qildi
Ularning ta’kidlashicha, kelajakda urushlarni ko‘proq odam to‘plash yoki eng yaxshi samolyotlar, kema va tanklarning jalb etilishi hal qilmaydi.
Qo‘shma Shtatlar hozirda kelajak urushiga tayyor emas. Bu haqda AQSh Shtab boshliqlari qo‘mitasining sobiq boshlig‘i general Mark Milli va Google korporatsiyasi sobiq rahbari Erik Shmidt Foreign Affairs jurnaliga yozgan maqolasida qayd etdi.
Maqola mualliflarining fikricha, Ukrainadagi mojaroda qo‘llanilayotgan kelajak texnologiyalar juda tez vaqtda zamonaviy bo‘lib qolmoqda. Ular dron va sun’iy intellekt tizimlarini bunga misol qilib keltirgan. Yangi texnologiyalar dunyoning boshqa nuqtalarida, masalan, Sudan, Myanma, Liviya, Tog‘li Qorabog‘ va Yaqin Sharqdagi mojarolarda ham qo‘llanilmoqda.
Milli va Shmidtning ta’kidlashicha, mamlakatlar o‘z raqiblariga qarshi turish uchun yanada ilg‘or texnologiyalarni yaratishga urinmoqda. «Urush doim innovatsiyalarga turki bo‘lgan. Bugungi kunda turtkilar hayratlanarli darajada jadal. Kelajakda urushlarni ko‘proq odam to‘plash yoki eng yaxshi samolyotlar, kema va tanklarni jalb etish hal qilmaydi. Buning o‘rniga ularda qurollanishning avtonom tizimlari va kuchli algoritmlar yetakchilik qiladi», — deb yozadi ular.
Maqola mualliflariga ko‘ra, AQSh bugungi kunda bunday kelajakka tayyor emas.
«Amerika samolyotlari, kema va tanklari dronlardan himoyalanish bo‘yicha zarur tizimlar bilan jihozlanmagan. Harbiylar hamon sun’iy intellektni qabul qilmadi. Pentagonda esa ushbu xatolarni to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan yetarlicha tashabbuslar yo‘q va uning hozirgi sa’y-harakatlari juda sekin oldinga sidjiyapti», — deya ta’kidlaydi Milli va Shmidt.
Mualliflarning qayd etilishicha, agarda Qo‘shma Shtatlar dunyodagi yetakchi derjavaligicha qolishni istasa, o‘z yo‘nalishini zudlik bilan o‘zgartirishi kerak.
Mavzuga oid
20:31 / 15.11.2024
Bino ichidagi ortiqcha shovqinni so‘ndirishga qodir sun’iy intellektga ega quloqchinlar yaratildi
22:19 / 14.11.2024
Googleʼning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi
13:22 / 13.11.2024
Pentagon hujjatlarini oshkor etishda ayblangan shaxs 15 yilga qamaldi
07:56 / 13.11.2024