Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi yadro qurolidan foydalanish tahdidlari haqida ogohlantirdi
Bir qator davlatlar ogohlantirishlarga qaramay, yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilishda davom etmoqda, dedi Antoniu Guterrish.
Dunyo yana yadro qurolidan foydalanishning haqiqiy tahdidiga duch keldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Hirosima va Nagasakiga atom bombasi tashlanganining 79 yilligiga bag‘ishlangan murojaatida ma’lum qildi.
«Yadro quroli va undan foydalanish tahdidlari faqat tarix kitoblari sahifalarida qolib ketmadi. Bunday kundalik ritorika xalqaro munosabatlardagi vaziyat fonida yana o‘zini namoyon qilmoqda», — dedi Butunjahon tashkiloti rahbari.
Guterrish yadro urushida g‘olib bo‘lishi mumkin emasligini va uni hech qanday sharoitda boshlash kerak emasligini ta’kidladi.
Unga ko‘ra, bir qator davlatlar ogohlantirishlarga qaramay, yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilishda davom etmoqda. BMT bosh kotibi jahon hamjamiyati bunday nomaqbul xatti-harakatlarni qoralashi kerakligini aytib o‘tdi.
1945 yil avgust oyida Hirosima va Nagasaki shaharlariga Amerika tomonidan atom bombasi tashlanishi oqibatida deyarli 210 ming kishi qurboni bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025