Yaponiya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi
Fumio Kishida 9−12 avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan safarini mamlakatda sodir bo‘lgan kuchli zilzila va sunami xavfi tufayli bekor qildi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 9−12 avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan to‘rt kunlik safarini bekor qildi.
Kyodo xabariga ko‘ra, bu Yaponiya meteorologiya agentligi tomonidan e’lon qilingan mamlakatda kuchli zilzila va sunami sodir bo‘lishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish bilan bog‘liq.
Kishida juma kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida safarning bekor qilinishini e’lon qildi. U Ostonada bo‘lib o‘tadigan Yaponiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari sammitida ishtirok etishi kerak edi.
8 avgust, payshanba kuni Yaponiya janubi-g‘arbidagi Miyazaki prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari 30 km chuqurlikda qayd etilgan.
Yaponiya hukumati shuningdek, Kochi va Miyazaki prefekturalarida sunami xavfi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
18:17 / 23.11.2024
Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024