OAV: Isroil Eronning keng ko‘lamli hujumini kutmoqda
Avvalroq Eron Tehronda Hamas yetakchisining o‘ldirilishiga javob qaytarishga va’da bergan edi.
Isroil Erondan yuzlab uchuvchisiz uchoqlar va raketalar uchirilgan joriy yilning aprel oyidagi hodisadan ko‘ra kattaroq hujumga tayyorlanmoqda.
Bu haqda Isroilning KAN jamoat telekanali xabar berdi.
Isroil tomoni Eron siyosiy bosim tufayli o‘z niyatidan «chekindi» degan da’volarga qaramay, Tehron zarba berishga «qat’iy» ekanini baholadi.
Ayni paytda, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Isroilga hujum qilingan taqdirda «misli ko‘rilmagan zarba» bilan javob qaytarishga va’da berdi.
«Eron va «Hizbulloh»dan bo‘lgan dushmanlar bizga ilgari ishlatilmagan usullar orqali zarar yetkazish bilan tahdid qilmoqda. Kimki bunday ishga qo‘l ursa, bizdan misli ko‘rilmagan zarbani kutishi kerak», — deydi idora boshlig‘i.
31 iyul kuni Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Tehronda suiqasd natijasida halok bo‘ldi.
Eron va Hamas Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi.
Eron Hamas yetakchisining o‘ldirilishiga javob qaytarishga va’da berdi.
Mavzuga oid
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024