Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilmoqda
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi diplomatlari Doğuş kompaniyasi bosh operatsion direktori Zafer Arikan o‘g‘li bilan onlayn shaklda muzokara o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Uchrashuvda migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, mehnat migratsiyasini tashkil etishning asosiy jihatlari, ishchilarni tanlash va joylashtirish jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, ularni yangi mamlakatda moslashuvini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbekistonga bir necha bor bo‘lganman va respublika menda nihoyatda ijobiy taassurot qoldirgan. O‘zbekistonlik mutaxassislarning yuqori malakasi va mehnatsevarligi ularni xalqaro kompaniyalar uchun muhim hamkorga aylantirmoqda", dedi Zafer Arikan o‘g‘li.
Muzokaralar yakunida tomonlar migratsiya yo‘nalishida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirish yuzasidan ahdlashib oldilar.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
17:55 / 23.05.2025