Jahon | 21:34 / 31.08.2024
7855
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya o‘zining mehnatkash xalqini haftasiga to‘rt kunlik ish rejimiga o‘tkazmoqchi

Panasonic kompaniyasining 63 ming nafar xodimi haftasiga to‘rt kun ishlash huquqiga ega bo‘lsa-da, dam olish kunlaridan faqat 150 nafar xodim foydalangan.

Foto: AP

Yaponiyada mamlakat aholisi va kompaniyalarni haftasiga to‘rt kunlik ish rejimiga o‘tishga ko‘ndirib ishchi kuchi yetishmayotgani tufayli yuzaga kelayotgan muammoni hal etishga urinmoqda.

Yaponiya hukumati 2021 yilda ma’qullangan ish haftasining qisqarishiga oid g‘oyani ilk bor qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyadagi kompaniyalarning qariyb 8 foizi o‘z xodimlariga haftasiga uch kun dam olishga ruxsat beradi, ammo 7 foiz kompaniya xodimlarga haftasiga bir kun dam bermoqda.

Hukumat ish vaqtini qisqartirish va boshqa moslashuvchan tartiblarni, xususan, qo‘shimcha ish vaqti va yillik pulli ta’tillarni cheklashni targ‘ib qiluvchi «ish uslubini isloh qilish» kampaniyasini boshlagan.

«Ishchilar o‘zlarining sharoitlariga qarab turli xil ish uslublarini tanlashlari mumkin bo‘lgan jamiyatni yaratish orqali biz o‘sish va taqsimlashning yaxshi siklini yaratishni hamda har bir ishchining yaxshi istiqbolga ega bo‘lishiga imkon berishni maqsad qilganmiz», — deyiladi xabarda.

Tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi xizmatlarni nazorat departamentiga ko‘ra, hozirgacha faqat uchta kompaniya o‘zgarishlar, tegishli qoidalar va mavjud subsidiyalar bo‘yicha maslahat so‘ragan — bu mazkur tashabbus duch keladigan muammolar qanchalik kuchli ekanidan dalolat beradi.

Yana bir ko‘rsatkich juda muhim: elektronika vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Panasonic Holdings kompaniyasining 63 ming nafar xodimi haftasiga to‘rt kun ishlash huquqiga ega bo‘lsa-da, dam olish kunlaridan faqat 150 nafar xodim foydalangan.

Hukumatning ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilash borasidagi qo‘llab-quvvatlovi Yaponiyada katta o‘zgarishlarni anglatadi — mamlakat Ikkinchi jahon urushidan keyin iqtisodiy o‘sishga aynan xalqining mehnatkashligi sabab erishgan.

Mavzuga oid