Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir qancha ko‘chalar 3 kunga yopiladi
Musiqiy festival o‘tkazilishi tufayli ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.
6-8 sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi hamda Hyatt mehmonxonasiga tutash maydonda yirik ko‘ngilochar tadbir – musiqiy festival bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.
Qayd qilinishicha, tadbirni yuqori saviyada tashkil etish hamda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash maqsadida ba’zi ko‘chalar yopiladi.
Jumladan,
- Istiqlol ko‘chasi Buyuk Turon va Amir Temur ko‘chalari oralig‘i;
- Buyuk Turon ko‘chasi Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘i;
- Zarafshon ko‘chasi Istiqlol va Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘i avtotransport harakati uchun yopiladi.
Haydovchilarga shu kunlarda aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025