Bo‘stonliqda ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent viloyati FVB
4 sentabr kuni soat 01:46 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Bo‘stonliq tumani Qoronqul mahallasi hududida ochiq dala maydonda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan yong‘in joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hamda 30 nafar qutqaruvchi jalb qilingan. Yong‘in “Qoronqul” MFY hududidagi tuman zaxira yerlarida 2 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq o‘t va shox-shabba yongan.
Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yong‘in soat 02:50 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025