Iqtisodiyot | 15:27 / 12.09.2024
3938
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 7 oyda qancha elektromobil import qilgani aytildi

O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 156 mln dollarga 10 542 ta elektromobil import qilgan. 

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, 7 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Xitoy – 10 477 ta;
  • Hongkong – 14 ta;
  • Germaniya – 11 ta;
  • BAA – 10 ta.

Mavzuga oid