Reuters: YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda
Yevrokomissiya Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki aktivlari muzlatilishini davom ettirish va Moskvaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish variantlarini muhokama qilmoqda, deb yozadi Reuters jurnalistlari manbalarga tayanib.
Yevropa Ittifoqi Rossiya Markaziy banki aktivlarini muzlatish, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uchun kiritilgan sanksiyalarni uzaytirishning yangi mexanizmlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 13 sentabr, juma kuni manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, yevropalik diplomatlarga mablag‘larni keyingi muzlatish bo‘yicha bir nechta ssenariylar taklif qilingan. Birinchisi, Rossiya Federatsiyasi aktivlarini besh yil davomida muzlatish, ammo bu qarorni har yili qayta ko‘rib chiqish. Bunday holda, uni bekor qilish uchun ko‘pchilik ovoz talab qilinadi. Ikkinchi ssenariy - muzlatish muddatini har uch yilda bir marta bir ovozdan uzaytirish. Uchinchisi, Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarni har uch yilda bir marta uzaytirish.
Hozirgi vaqtda cheklovlar har olti oyda bir marta yangilanishi kerak va qaror qabul qilish uchun bir ovozdan ma’qullash talab etiladi. Reuters agentligining ta’kidlashicha, Yevrokomissiya bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.
Rossiya muzlatilgan aktivlari Kiyevga 50 mlrd dollarlik kredit ajratishda muhim rol o‘ynaydi
2024 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan «katta yettilik» (G7) sammiti chog‘ida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen tashkilotga a’zo barcha davlatlar Ukrainaga yil oxirigacha garov sifatida 50 milliard dollar miqdorida kredit berishga tayyorligini tasdiqlaganliklarini e’lon qildi.
Bu mablag‘ning yarmini Kiyevga Yevropa Ittifoqi davlatlari, qolgan yarmini esa G7 boshqa a’zolari to‘lashi kutilmoqda. Kiyev kreditni Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan unga o‘tkazilgan foizlar hisobidan to‘lashi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024
Janubiy Koreya va YeI KXDR askarlari Rossiyaga yuborilganini qoraladi
10:30 / 05.11.2024