Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
BAC Consulting Tayvanning Gold Apollo kompaniyasidan peyjyerlar uchun litsenziya olgan. Keyinchalik ular «Hizbulloh»ga yetkazilgan.
Portlagan peyjyerlar bilan bog‘liq bo‘lgan BAC Consulting kompaniyasi bosh direktori, 49 yoshli Kristiana Barsoni-Archidiakono bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Reuters yozdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayol portlashlar va ommaviy axborot vositalarining o‘z shaxsiga qiziqishidan so‘ng darhol g‘oyib bo‘lgan. Shundan beri u jamoat joylarida ko‘rinmagan va qo‘shnilari ham uni ko‘rmaganini aytishgan. U nashr qo‘ng‘iroqlari yoki xatlariga javob bermayapti, jurnalistlar ham Budapesht markazidagi uyiga borgan, ammo javob bo‘lmagan.
17 sentabr kuni Livanning bir qancha shaharlarida portativ peyjyerlar, jumladan, «Hizbulloh» jangarilari ishlatadigan qurilmalar portladi. 12 kishi halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi yaralandi. Reuters agentligining yozishicha, BAC Consulting Tayvanning Gold Apollo kompaniyasidan peyjyerlar uchun litsenziya olgan. Keyinchalik ular «Hizbulloh»ga yetkazilgan.
NBC News telekanalining Livandagi portlashlar haqidagi savoliga Kristiana Barsoni-Archidiakono shunday javob berdi: «Men peyjyer ishlab chiqarmayman, shunchaki vositachiman. Menimcha, siz hamma narsani noto‘g‘ri tushundingiz».
BAC Consulting 2022 yilda Budapeshtda ro‘yxatdan o‘tgan. 18 sentabr kuni ertalab uning veb-sayti ishlamay qoldi. Qayd qilinishicha, avval unda hech qanday bo‘limlar yozilmagan va kompaniya nima qilayotganini tushunish deyarli imkonsiz edi.
Mavzuga oid
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024
AQSh Senati Isroilga qurol yetkazib berishni bloklashni rad etdi
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
19:01 / 19.11.2024