Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada maktab direktori ota-onalarga migrantlar tufayli o‘zbek tilini o‘rganishni taklif qildi
Kaliningraddagi maktabda direktorning ota-onalarga o‘zbek tilini o‘rganish haqidagi maslahatidan so‘ng janjal chiqdi.
Rossiyaning Kaliningrad shahri maktablaridan birida direktorning o‘zbek tilini o‘rganish haqidagi taklifi mojaro keltirib chiqardi.
Qayd qilinishicha, 7-son maktab direktori migrantlarning rus tilini deyarli bilmaydigan farzandlari ustidan shikoyat qilgan mahalliy ota-onalarga o‘zbek tilini mustaqil o‘rganishni maslahat bergan. Shu sababdan ota-onalardan biri hatto migrantlarga qarshi pozitsiyasi bilan tanilgan millatchi tashkilot bo‘lmish «Russkaya obshchina»ga shikoyat qilgan. Biroq, boshqa ona direktorni himoya qilib, uning so‘zlari «kontekstdan yulib olinganini» aytdi.
«Mamlakatda qonuniy istiqomat qiluvchi barcha bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Va ularni maktabga qabul qilmaslikka hech kimning haqqi yo‘q. Albatta, bitta sinfda ularning soni unchalik ko‘p bo‘lmasligi kerak, lekin ko‘rinishidan, boshqa iloji qolmagan. Balki bu direktorning aybidir, bilmayman. Lyudmila Nikolayevna shunchaki ota-onalarni o‘zlarini migrant bolalarning o‘rniga qo‘yishga chaqirdi, chunki ular uchun til o‘rganish ancha qiyin, ular notanish tilda o‘qishi kerak. O‘zbek tilida bir necha so‘z o‘rganib, ularga yordam berishimiz mumkinligini yarim hazil qilib aytdi», dedi ona.
U shaharda ko‘pincha o‘zini tajovuzkor tutadigan migrantlar bilan bog‘liq muammo borligini tan oldi, ammo ayolning so‘zlariga ko‘ra, bunga «mahalliy aholining migrantlarni xush ko‘rmasligi» sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025