Marburg bezgagi global tarqalishining xavfi past - JSST rahbari
Afrikada tarqalgan Marburg bezgagining dunyo miqyosidagi pandemiyaga aylanish xavfi yuqori emas.
Xavfli Marburg virusi keltirib chiqaradigan kasallikning tarqalish xavfi global darajada past. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus ma’lum qildi.
«JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va global darajada past deb baholaydi», dedi Gebreyyesus.
Marburg bezgagi Sharqiy Afrikadagi Ruanda davlatida avj oldi. Hozirgacha u yerda kasallikning 36 ta holati tasdiqlangan, bemorlardan 11 nafari o‘lgan. 25 besh nafari izolyatsiya qilingan va davolanmoqda.
Qayd etilishicha, kasallik tasdiqlangan holatlarning 70 foizdan ortig‘i poytaxt Kigali shahridagi ikkita tibbiyot muassasasi tibbiyot xodimlaridir.
Bu Ruandada Marburg bezgagi tarqalishining birinchi holati. 2023 yilda Ekvator Gvineyasida ham ushbu epidemiya qayd etilgan.
Marburg virusi Ebola virusiga «qarindosh», ammo undan xavfliroq hisoblanadi. Infeksiyadan o‘lim darajasi 88 foizga yetadi. Virus asosan kasallangan odamlarning tana suyuqliklari (qon, siydik, najas, qusish, tupuk va boshqalar) bilan aloqa qilish orqali yuqadi.
Mavzuga oid
18:55 / 05.10.2024
JSST bolalarning mobil telefonlardan foydalanishini qonunan cheklashga chaqirdi
16:59 / 03.10.2024
Marburg virusi: JSST yangi global epidemiya xavfidan ogohlantirdi
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
13:54 / 18.09.2024