Toshkentda Nexia-2 yonib ketdi
Cobalt va Nexia-3 o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-3 da yong‘in kelib chiqqan.
Toshkent shahri Mirobod tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Bugun 2024 yil 5 oktyabr kuni soat 06:05 da Toshkent shahar FVBga Mirobod tumani, Oybek va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 06:11 da yetib borib, soat 06:12 da yong‘in o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida hech kim halok bo‘lmagan va jabrlanmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Unda Cobalt mashinasiga jiddiy shikast yetganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
12:20 / 04.10.2024
Xabarovsk teatridagi yong‘indan keyin migrantlar qo‘lga olindi
12:00 / 03.10.2024
Andijondagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
13:17 / 02.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in: binolardan birining tomida quyosh panellari bo‘lgan
11:17 / 02.10.2024