Jahon | 23:25 / 07.10.2024
4139
2 daqiqa o‘qiladi

Himoloyga chiqishda chodiri va boshqa buyumlaridan ayrilgan alpinistlar uch kundan keyin qutqarildi

Hindiston Harbiy-havo kuchlari va Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi xodimlari ishtirok etgan qutqaruv operatsiyasi 80 soat davom etgan.

Foto: AP

Himoloy tog‘ida uch kun qolib ketgan amerikalik va britaniyalik alpinistlar qutqarib olindi, deb xabar beradi Associated Press.

Britaniyalik Fey Jyeyn Menners va amerikalik Tereza Dvorak Hindistonning Uttarakxand shtatidan tog‘ga ko‘tarilishni boshlagan. 3 oktyabr kuni tosh ko‘chishi oqibatida ularning ichida yegulik, chodir va alpinistlar asbob-anjomlari bo‘lgan sumkalari daraga tushib ketgan. Alpinistlar, shuningdek, aloqa uchun mo‘ljallangan qurilmalarining ham aksariyatidan ayrilgan, ammo ular shu kunning o‘zida favqulodda yordam xabarini yuborishga ulgurib qolgan.

«Biz mening sumkamni ko‘tarib chiqarayotganimizda tosh ko‘chishi sodir bo‘ldi va arqon uzilib, buyumlarimiz pastga tushib ketdi», — deydi Menners.

Hindiston Harbiy-havo kuchlari va Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi xodimlari ishtirok etgan qutqaruv operatsiyasi 80 soat davom etgan. 4 oktyabr kuni uchgan ikkita vertolyot alpinistlarni topa olmagan. Biroq ertasi kuni Himoloyga ko‘tarilayotgan fransuzlar guruhi tog‘da qolib ketgan alpinistlarga duch kelib, qutqaruv xizmatiga ularning koordinatalarini yuborgan va shundan keyingina ular pastga olib tushilgan.

Mavzuga oid