Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi YTHda piyoda halok bo‘ldi
“Damas” harakatlanib borayotganda piyoda birdan uning yo‘liga yugurib chiqqani aytilmoqda.
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Narpay tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 5 oktyabr kuni tunda yuz bergan. “Damas” mashinasi Narpay tumanida yo‘lda harakatlanib ketayotganda yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib chiqqan ayolni urib yuborgan.
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan ayol shifoxonada vafot etgan.
“Men Samarqand yo‘nalishida ketayotgandim. Yo‘l chetida 4-5 kishi janjallashib turgan ekan. Yoniga borganimda ularning o‘rtasidan bir ayol yugurib chiqdi va mashinamga o‘zini otib yubordi. Mashinamni yo‘l chetida to‘xtatdim. Ayolni ko‘tarib mashinamga ortishdi, shifoxonaga olib bordim. Yarim soatdan so‘ng ayolning joni uzildi”, deydi haydovchi yigit.
Qayd etilishicha, mas’ul rahbarlar va keng jamoatchilik ishtirokida mazkur YTH muhokama qilingan va odamlar hushyorlikka chorlangan.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025