Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainadagi Patriot HHM tizimiga zarar yetkazdi
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari Dnipropetrovsk oblastida Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Patriot majmuasi yo‘q qilingani haqidagi ma’lumotni rad etib, «dushman faqat bir nechta texnikaga zarar yetkazganini» ma’lum qildi.
Xalqaro OAV 10 oktyabr, payshanba kuni kechqurun Rossiya Dnipropetrovsk yaqinida Amerikaning Patriot HHM tizimi qurilmasini o‘qqa tutgani to‘g‘risida xabar berdi.
Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi aloqa bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yuriy Ignat o‘qqa tutish haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, biroq havo hujumidan mudofaa majmuasi yo‘q qilinmaganini bildirdi. «Xo‘sh, 9 oktyabrda nima sodir bo‘ldi? Dushman faqat bir nechta jihozlarga zarar yetkazdi va ularni yo‘q qilmadi. Bu urushda nafaqat odamlar, balki texnika ham jarohat olyapti. Bundan tashqari, o‘sha Patriot bo‘linmasi mintaqadagi vazifalarni bajarishda davom etyapti», deb yozdi Ignat Facebookʼdagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni Patriot ZRK Rossiya ballistik raketalari guruhiga qarshi havo jangida qatnashgan va ularning bir qismini tutib olishga muvaffaq bo‘lgan. «Patriot tizimi dushman uchun eng muhim maqsadlardan biridir», deb qo‘shimcha qildi Ignat.
Avvalroq, xuddi shu kuni, 10 oktyabrda Oliy rada deputati Maryana Bezuglaya Telegramʼda Rossiyaning Dnipropetrovsk yaqinida Patriot tizimiga hujumi haqida yozgan edi.
RF Mudofaa vazirligi Patriot ZRK yo‘q qilinganini bildirdi
Bir kun avval, 9 oktyabr kuni kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya Qurolli kuchlari «Iskandar-M» kompleksidan foydalangan holda Dnipropetrovsk viloyatida Patriot ZRK qurilmasini va kompleks tarkibiga kiruvchi boshqa bir qancha texnikalarni yo‘q qilganini bildirdi. Vazirlik xabariga ko‘ra, yana bir Patriot uchirish qurilmasi shikastlangan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025