O‘zbekiston | 08:10
2290
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda sentabr oyida ijara narxlari yana oshdi

Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgust oyiga nisbatan 2,8 foiz, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 1,4 foiz oshdi.

Foto: Kun.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2024 yilning sentabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari tahlil qilindi

Sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi davom etdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari avgust oyiga nisbatan 2,8 foiz, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 1,4 foiz oshdi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasiga talabning oshishi bo‘yicha kutilmalar bunday uylarning ijara narxlariga ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, sentabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxi avgust oyidagiga nisbatan 2,4 foiz, 2 xonali uylar uchun 3,4 foiz, 3 xonali uylar uchun 3,2 foiz, 4 xonali uylar uchun esa 2,1 foiz oshdi. 

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - 291 dollar, 2 xonali – 363 dollar, 3 xonali – 403 dollar, 4 xonali - 463 dollar), Olmazor (1 xonali – 306 dollar, 2 xonali – 362 dollar, 3 xonali – 426 dollar, 4 xonali – 503 dollar) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 358 dollar, 2 xonali – 445 dollar, 3 xonali – 548 dollar, 4 xonali – 721 dollar) va Yakkasaroy (1 xonali – 343 dollar, 2 xonali – 460 dollar, 3 xonali – 611 dollar, 4 xonali – 631 dollar) tumanlarida kuzatildi.

To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 331 dollar, 2 xonali – 428 dollar, 3 xonali – 506 dollar, 4 xonali – 634 dollar) va Uchtepa (1 xonali – 393 dollar, 2 xonali – 453 dollar, 3 xonali – 538 dollar, 4 xonali – 717 dollar) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 474 dollar, 2 xonali – 678 dollar, 3 xonali – 967 dollar, 4 xonali – 1278 dollar) va Shayxontohur (1 xonali – 442 dollar, 2 xonali – 708 dollar, 3 xonali – 1004 dollar, 4 xonali – 1272 dollar) tumanlarida kuzatildi.

Mavzuga oid